35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
TADBIRKORLIK VA BANDLIK YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” MFY hokim yordamchisi K.Akbarovning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarga berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijasida “At-Termiziy” MFYda hokim yordamchisi K.Akbarov tomonidan aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi:

18 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan;

7 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgan;

1 nafar fuqaroga ssuda ajratilgan;

24 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan;

Kambag‘allik reyestrida turuvchi 5 nafar fuqaro vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitilgan.

Mazkur natijalar mahallada aholining iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, o‘rganish davomida fuqarolarning mavjud imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, yo‘llanmalar ajratish mezonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3