35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Media_reja_ijrosi

#Media_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa: "Qaldirg‘och" mahallasida 2,7 milliard so‘mlik yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi!

✅Vatanimiz Mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi arafasida Bandixon tumanida yosh avlod kelajagi, ularning sifatli ta’lim olishi yo‘lida yana bir muhim va zamonaviy bunyodkorlik ob’ekti foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tasdiqlangan Media-rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ta’lim infratuzilmasini monitoring qilish maqsadida, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Nodira Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Qaldirg‘och" mahallasida bo‘lishdi.

✅Tashrif davomida mahallada yangidan barpo etilgan 19-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

🔴BUNYODKORLIK LOYIHASI TAFSILOTLARI:

✅Sig‘im va imkoniyat: 19-sonli umumta’lim maktabi uchun 180 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etildi;

✅Loyiha qiymati: Mazkur yangi ta’lim maskanining umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mni tashkil etadi;

✅ Yaratilgan sharoitlar: Shinam va yorug‘ sinf xonalari, zamonaviy o‘quv jihozlari va texnik vositalar bilan ta’minlanib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

✅ Ta’limga e’tibor — kelajakka investitsiya:


"Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi davrda chekka hududlardagi maktablarni modernizatsiya qilish, o‘quvchilar uchun shahar darajasidagi sharoitlarni yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. "Qaldirg‘och" mahallasidagi ushbu yangi bino ham o‘quvchi-yoshlarimiz uchun eng go‘zal bayram tuhfasidir!"

✅O‘rganish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7