35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Media_reja_ijrosi

#Media_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

🏫 Mustaqillik tuhfasi: Quduqsoy mahallasida 3,7 milliard so‘mlik zamonaviy yangi maktab binosi qad ko‘tardi!

Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimizning barcha sohalarida, xususan, xalq ta’limi tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar va bu boradagi amaliy natijalar deputatlik nazorati markazida turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tasdiqlangan Media-rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ta’lim infratuzilmasini o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Nodira Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Quduqsoy" mahallasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida mahallada yangidan barpo etilgan va foydalanishga topshirilayotgan 33-sonli umumta’lim maktabining yangi binosida amalga oshirilgan ishlar yaqindan o‘rganildi.

BUNYODKORLIK LOYIHASI TAFSILOTLARI:

📱Sig‘im va qulaylik: 33-sonli umumta’lim maktabi uchun 240 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha yangi va zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi;

📱Loyiha qiymati: Mazkur zamonaviy ta’lim ob’ektining umumiy qiymati qariyb 3,7 milliard so‘mni tashkil etadi;

📱Yaratilgan sharoitlar: Yangi binosida yorug‘ va shinam sinf xonalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-ko‘rgazmali mebellar o‘rnatilib, o‘quvchi-yoshlarning har taraflama sifatli ta’lim olishi uchun munosib imkoniyat yaratildi.

📱Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va islohotlar amaliyotda:



"Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida olis va chekka mahallalarimizda ham mana shunday zamonaviy ta’lim maskanlari barpo etilmoqda. Yangi va shinam maktab — bu kelajak avlod uchun qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir!"


📱O‘rganishlar davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinfxonalarning shayligi ko‘zdan kechirilib, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan maktab ma’muriyati va pedagoglar jamoasiga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3