35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
IFTIXOR MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANADI

 IFTIXOR MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANADI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, viloyat
Kengashi deputati M.Sayfidinova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov
tomonidan Iftixor mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-son qarori ijrosi doirasida amalga
oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor «Ravon Savdo Sanoat Trans» MChJ tomonidan
aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tik quduq qazish va suv
inshootlarini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qaratildi.
 

Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 320 million so‘mni tashkil etib,
loyiha amalga oshirilishi natijasida hududdagi 180 ta xonadon hamda 30 dan
ortiq tadbirkorlik sub’ekti toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda
tutilgan.
 

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan qurilish ishlarining borishi,
loyihaning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi hamda ishlarni
sifatli va o‘z vaqtida yakunlash holati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan
muloqot qilinib, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda loyihaning
ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
 

Deputatlar tomonidan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, shuningdek,
loyiha natijasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini barqaror ichimlik suvi
bilan ta’minlash bo‘yicha qurilish mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 6