35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI: KATTABOG‘ MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati tomonidan Kattabog‘ mahallasidagi A. Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada 5 ta ko‘chaga A. Navoiy nomi berilgani, shundan 3 ta ko‘chada 3 yil avval elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida beton ustunlar o‘rnatilib, yopiq kabel tarmog‘i tortilgani, biroq qolgan 2 ta ko‘chada ushbu ishlar yakunlanmay qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda mazkur ko‘chalarda elektr ustunlari yetarli emasligi hamda elektr tarmog‘idagi kuchlanish darajasi juda pastligi kuzatilmoqda. O‘rganish jarayonida ayrim nuqtalarda elektr kuchlanishi 100 voltga ham yetmasligi qayd etildi.

Shuningdek, ushbu ko‘chalarda yo‘lni asfaltlash maqsadida tekislash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, asfalt qoplamasini yotqizish ishlari hozirga qadar yakunlanmagan.

📄 Mazkur masalalar yuzasidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Musayev Elbek Jo‘rayevich nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur masalalarni tegishli tartibda o‘rganib chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazari va ko‘rilishi rejalashtirilayotgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

📌 Deputatlik so‘rovi: muammoni aniqlash emas, uning yechimiga amaliy ko‘mak berish vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3