➡️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 11-Adas saylov okrugi deputati A. Usmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan okrug hududidagi Sariosiyo mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
➡️O‘rganish davomida mahalla aholisi tashabbusi bilan eski suv inshooti ta’mirlanib, yangi suv chiqarish nasosi o‘rnatilgani, ayni paytda aholi xonadonlariga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi dolzarb bo‘lib qolayotgani qayd etildi.
➡️Mazkur masala deputat tomonidan Deputat daftariga kiritilib, uni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.