35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Bog‘zor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatini tahlil qildilar.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Jumladan, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tahlil davomida xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olish hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash — mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.