35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
O‘rganish davom etmoqda

 
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov, deputatlar, tuman hokimligi mas’ul xodimlari hamda mahalla raislari ishtirokida tumandagi mahallalarda aholiga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar belgilangan savolnoma asosida o‘rganib chiqilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Hamza, Alisher Navoiy va Xo‘ja MFY hududlarida olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagi holatlar aniqlandi:

🔹 Hamza MFY hududidagi Maktab ko‘chasida joylashgan chiqindi yig‘ish shoxobchasida maishiy chiqindilar to‘planib qolgani;
🔹 Alisher Navoiy MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar oldiga o‘rnatilgan chiqindi to‘plash qutisi to‘lib qolgani;
🔹 Xo‘ja MFY, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida maishiy chiqindilar to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi.

📌 Mazkur holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga muammolarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda hududlarda sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining sifati, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, chiqindi yig‘ish shoxobchalarining sanitariya holati va fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

✅ O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 4