35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan, "O'zMTDP" partiyasidan 11-Yollama saylov okrugidan saylangan deputat Isoqov Olimjon Ilhomjonovich “Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari”ni yuritish holati bo'yicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan "Yollama" MFY hududida joylashgan "O'qituvchilar" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etildi.

Mazkur daftar aholi bilan yaqindan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda ro‘yxatga olish hamda tegishli tashkilot va muassasalarga yetkazish maqsadida yuritib kelinmoqda.

O‘rganish davomida:

⏩ Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar daftarga belgilangan tartibda kiritildi;

⏩ Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul mutasaddilarga murojaatlar tayyorlandi;

⏩ Murojaatlar ijrosini nazorat qilish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;

⏩Hal etilgan masalalar bo‘yicha qaydlar yuritilib, natijalar tahlil qilib borilmoqda.

✅ Yuborilgan murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga muntazam ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Slide 1 of 2