35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Korruptsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim

Yig‘ilishda viloyat prokurori B.Babadjanov tomonidan viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, viloyatda 26 ta bozor va savdo kompleksi raqamlashtirilib, qo‘shimcha 3 760 ta savdo rastasi tashkil etilishi natijasida bozorlar tushumi 5,2 mlrd so‘mga oshgan. Tibbiyot tizimida ham raqamlashtirish orqali qo‘shimcha mablag‘lar shakllantirilgan.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda raqamlashtirish ishlari hali to‘liq samaradorlik bermayotgani, xususan, bozorlar va avtoturargohlarda tushumlarni to‘liq va shaffof hisobga olish, yagona elektron tizimda nazorat qilish borasida kamchiliklar mavjudligi tanqidiy qayd etildi.

Asosiy talab — raqamlashtirishni qog‘ozdagi hisobot uchun emas, balki korrupsiyaviy omillarni amalda bartaraf etish, inson omilini kamaytirish va tushumlarning shaffofligini ta’minlashga yo‘naltirish.

Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilanmoqda.

Slide 1 of 2