35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov hamda ekspert guruhi a'zolari shahardagi 11-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 17-avgustdagi "Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’lim tizimining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalari yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuvataliyevning hisoboti to‘g‘risida" VII-24-79-8-121-K/26-sonli qaror ijrosi yuzasidan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, sinfxonalar va mavjud infratuzilmaning holati, obodonlashtirish hamda sanitariya talablariga rioya etilishi kabi masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan suhbat davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6