35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
“Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Qo‘shtegirmon-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida binoning ma’nan eskirgan eshik va derazalarini zamonaviylariga almashtirish hamda usti yopiq mini-stadion barpo etish bo‘yicha loyiha ilgari surilgani va mazkur loyiha 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga g‘olib deb topilgani qayd etildi.

Bugungi kunda loyiha doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari “MIRHAUSSTROY” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Maktab binosidagi ma’nan eskirgan eshik va derazalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari to‘liq yakunlangan.
Ayni paytda loyiha doirasida usti yopiq mini-stadion barpo etish bo‘yicha qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘rganish davomida loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4