35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 PQ-4845-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI BELGILANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh vrachi Saidov O‘ralbek Erkinovich ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish masalasi muhokama qilindi.

O‘rganishni tizimli va belgilangan mezonlar asosida tashkil etish maqsadida qaror talablari asosida maxsus savolnoma ishlab chiqildi.

Savolnomada hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlari, chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlarning holati, sanitariya tozaligi, chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqish, mavjud muammolar hamda aholining mazkur xizmatlar bilan qamrab olinganlik holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, savolnoma asosida joylarga chiqib o‘rganish o‘tkazish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda natijalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4