35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati X.Jo‘raxolov Shirin mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida deputat o‘ziga biriktirilgan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri, ya’ni 2020-yil 17-avgustda qabul qilingan O‘RQ-633-son Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan yig‘ilganlarga tushuntirish berdi.

Suhbat davomida odam savdosining oldini olish, ushbu turdagi jinoyatlardan fuqarolarni himoya qilish, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda odam savdosiga qarshi kurashishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga odam savdosi bilan bog‘liq turli xavf-xatarlarning oldini olish, shubhali holatlarga nisbatan befarq bo‘lmaslik va qonunchilikda belgilangan tartiblarga amal qilish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar va takliflar yuzasidan bir qator masalalar ko‘tarildi.

Xususan, Shirin mahallasining “Zamona” ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, “Yangiasr” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimini ta’mirlash zarurligi bildirildi.

Bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, mazkur masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilishi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan holatlar asosida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fuqarolarga belgilangan tartibda ma’lumot berilishi bildirildi.

Slide 1 of 3