35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️FUQAROLAR MUROJAATLARI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Chilonzor tumanidagi “Kichik Xirmontepa” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etib, hudud aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni bevosita o‘rgandi.

📝 Uchrashuvda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator Gulnora Marufova, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Oybek Tuganbekov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, mahalla raisi, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

🗣 Ochiq muloqot davomida aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ayrim avtomobil yuvish shoxobchalari tomonidan piyodalar uchun mo‘ljallangan trotuarlarning to‘sib qo‘yilishi natijasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishiga noqulaylik tug‘ilayotgani bildirildi.

🔺 Shuningdek, mahalla hududida motopoygalar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan fuqarolarning e’tiroz, fikr va takliflari tinglandi. Mazkur masala jamoat xavfsizligi, aholining osoyishtaligi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganilishi lozimligi ta’kidlandi.

🔎 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalaridan kelib chiqib, hududdagi ichki ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari holati, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, sanitariya-obodonlashtirish hamda mahalla infratuzilmasiga oid masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

📁 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, aniqlangan kamchiliklar va hududni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📨 Sevara Fayziyeva tomonidan tizimli yechim talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish, murojaatlarning ijrosini kuzatib borish hamda ko‘rilgan choralar natijasini deputatlik nazoratida olib borish belgilandi.

✅ Ta’kidlanganidek, mahallaga chiqib aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni bevosita joyida ko‘rish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. “Kichik Xirmontepa” mahallasida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi ham deputat Sevara Fayziyeva tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8