35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
HUDUDDAGI MUAMMO DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida 57-uy ro‘parasida, bolalar maydonchasi yonidagi hududda tozalik ishlari amalga oshirilganidan so‘ng hosil bo‘lgan chiqindilar hamda shox-shabbalar ikki haftadan buyon olib ketilmayotgani aniqlandi.

Mazkur holat hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ayniqsa, bolalar maydonchasidan foydalanayotgan bolalar hamda shu hududda yashovchi fuqarolar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etildi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammo yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga hududni chiqindilardan zudlik bilan tozalash, shox-shabbalarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish hamda hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi va tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat tomonidan mazkur masalaning ijrosi nazoratga olinib, muammoning qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1