35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🧵 QONUN IJROSI,OILAVIY TADBIRKORLIK — BANDLIK VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
📊 DEPUTATLIK NAZORATI: IJTIMOIY-IQTISODIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH: AHOLI MUAMMOLARIGA MANZILLI E’TIBOR
янв.21
🏘 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
✅ XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATI
янв.21
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILALARDAN XABAR OLINDI
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
🎯 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 17–21-AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
🎒 Ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab formasi topshirildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Uljayeva tomonidan A.Navoiy mahallasi Tadbirkorlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazilib, uning murojaati o‘rganildi.

Murojaat davomida fuqaro ayrim xonadon egalari tomonidan uy-joylarini ta’mirlash maqsadida ko‘cha chetlariga to‘kilgan shag‘al va qum uyumlarini olib tashlash zarurligi haqida murojaat qildi. Ushbu holat ko‘chada olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlariga xalaqit berayotgani hamda ishlarning sifatli amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, yo‘lning asfaltlashtirilishiga xalaqit berayotgan shag‘al va qum uyumlarini tartibga keltirish hamda ish jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi va asfaltlashtirish ishlarining sifatli amalga oshirilishi deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2