O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektning tayyorgarlik holati hamda ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi.
Yangi sport zalining foydalanishga topshirilishi maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Obyektdagi qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi. Qurilish jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.