35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

SARDОBA TUMANIDAGI 13-MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIDA DA QURILISH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI.

 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M. Kenjayeva hamda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q. O‘tayev tomonidan Sardoba tumanidagi 13-son maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari, ularning belgilangan talablar asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ishlarning borishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga qurilish va rekonstruksiya ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish jarayonida xavfsizlik va texnik talablarga qat’iy rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati bo‘yicha monitoringni davom ettirish belgilandi.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy, xavfsiz va munosib sharoitlarni yaratish — farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va kelajagi uchun muhim omildir. Shu bois, qurilish va rekonstruksiya ishlarining sifati hamda samaradorligi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 9