Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Mahalla uyishmasi faoliyat yuritayotgan ishlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda hujjatlar yuritilishi va manzilli ishlarni tashkil etishni yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.