Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan aholi uchun ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🏢O‘rganish davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati, fuqarolarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish holati hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
🗣Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglandi. Ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, sifati va samaradorligini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting