35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Gaz ta’minoti masalasi o‘rganilmoqda

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti oldidan hududdagi gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Dusmurodov tomonidan Mang‘tobod mahallasidagi 2-ko‘cha — Ustalar ko‘chasi holati o‘rganildi.

Mahallada jami 9 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, deputat Ustalar ko‘chasi ko‘chaboshisi E.Abdullayev bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida hudud aholisining gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar navbatdagi sessiyada tuman gaz ta’minoti rahbarining hisobotini muhokama qilish jarayonida tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 1