Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumida yangi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quv xonalarining ta’mir holati, ta’lim jarayoniga yaratilgan shart-sharoitlar, Mustaqillik darslari uchun ishlab chiqilgan ish rejasi, o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan boshlash maqsadida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ta’lim muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.