#24_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan hududdagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ish izlayotgan xotin-qizlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z biznesini boshlashi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va oilalar daromadini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|