35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Deputat so‘roviga javob olindi: Charx Kamolon-2 mahallasidagi daraxtlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-2 mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farxod Nabiev nomiga yuborilgan deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi.
Javob xatida ma’lum qilinishicha, deputat so‘rovida ko‘rsatilgan holat yuzasidan mutaxassislar ishtirokida hududga chiqilib o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalla hududidagi daraxtlar bo‘yicha zarur ekologik xulosa olish uchun mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan Davlat xizmatlari markaziga belgilangan tartibda murojaat qilinishi lozimligi ma’lum qilingan.
Shuningdek, javobda mahalla ichida joylashgan daraxtlarga sanitariya butash va shakl berish ishlari mazkur mahallaga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi hamda tuman Obodonlashtirish bo‘limi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilgandan so‘ng amaldagi tartib asosida amalga oshirilishi bildirilgan.
Mazkur masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan deputat nazoratida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1