35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📋 Qonun ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sherobod tuman bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ–269-II-son Qonuni talablarining bajarilishi holati savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tashkilotda mazkur qonun talablaridan kelib chiqib amalga oshirilayotgan ishlar, madaniy merosni asrab-avaylash, uni yosh avlodga yetkazish, bu boradagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, o‘rganish jarayonida mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonunlarning hududlarda ijrosini ta’minlash, tashkilotlar faoliyatida samaradorlikni oshirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 5