35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
📌 Deputat murojaati natijasida gaz tarmoqlarini yangilash ishlari boshlandi


➡️ Oldin xabar berilganidek, “Do‘stlik” MFY 16-Bahor saylov okrugi hududida aholi murojaatlari asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim xonadonlarga tortilgan gaz quvurlarining beton ustunlardan yerga tushib qolganligi hamda tartibsiz holatda foydalanilayotgani aniqlangan edi.

🔍 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich topshirig‘iga asosan hududda olib borilayotgan amaliy ishlar bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

⚙️ O‘rganish davomida 1200 metr yangi gaz tarmog‘ini tortish hamda mavjud quvurlarni ta’mirlash ishlari boshlanganligi qayd etildi. Mazkur ishlar gaz ta’minoti tizimining xavfsizligini oshirish, tarmoqlarni tartibga keltirish va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

🤝 Ta’kidlanganidek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda va mazkur masala ham ijobiy yakunlanish arafasida turibdi.

📍 Deputatlik nazorati va aholi murojaatlariga tezkor munosabat hududlardagi dolzarb muammolarni amaliy hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 4