35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Kotib

Xalq va davlat idoralari o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘lgan mahalliy Kengash deputatlarining joylardagi faoliyati ham aynan shu ezgu maqsadga qaratilgan. Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Yuldasheva “Oqibat” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar murojaatlari yuzasidan qabul o‘tkazib, ular bilan bevosita muloqot qildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muhim masalalar tinglanib, muammolarni o‘rganish va murojaatlarni qayd etish daftariga yozib oldi. Xususan, mahalladagi boshqaruv servis kompaniyasining faoliyatidagi muammolar hamda kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘radilar.

Deputat fuqarolarga mazkur masalalarni shaxsan joyiga borib ko‘zdan kechirishini va muammolarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganib chiqishini aytib, belgilangan qonun doirasida hal etilishini ma’lum qildi.

Mazkur sayyor qabul fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, muammolarga tezkor va manzilli yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4