35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Deputatlar ishtirokida fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Deputatlar ishtirokida fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Fuqaro murojaati asosida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 20-Gulzor, 23-Vatan va 24-Chinor saylov okruglari fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida ish izlayotgan fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ularning mutaxassisligi, malakasi va mehnat tajribasidan kelib chiqib, mos ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi hamda doimiy ish bilan ta’minlanishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Shuningdek, fuqarolarga mehnat qonunchiligi, bandlik xizmatlari hamda kasbga qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy yechimlar bilan ta’minlash, aholi bandligini oshirish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi bunday tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2