35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
#uchrashuv #muloqot #hamkorlik

Olmaliq shahrida xalq deputatlari va ijro hokimiyati vakillarining oʻzaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, hududlardagi muammolarni tizimli hal etish masalalariga bagʻishlangan amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Otabek Anarov, Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov, shahar hokimining oʻrinbosarlari Shermuhammad Begiyev va Ergash Abdurayimov hamda Kotibiyat xodimlari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida deputatlarning hududlarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, joylardagi real muammolarni oʻrganish va ularni ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda bartaraf etish borasida erishilayotgan ijobiy natijalari tahlil qilindi. Taʼkidlanganidek, aynan mana shu oʻzaro mustahkam hamkorlik zanjiri tufayli koʻplab masalalar joyida yechim topib, “aholini rozi qilish” tizimi amalda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.

Yigʻilishda hamkorlik koʻlamini yanada kuchaytirish boʻyicha quyidagi ustuvor vazifalar va aniq tavsiyalar belgilab berildi:
Qogʻozbozlikdan amaliy natijaga: Har bir deputatning “Muammolarni qayd qilish daftari” shunchaki statistika uchun emas, balki real muammolarning yechim xaritasi boʻlishi shart. Daftarga tushgan har bir murojaat boʻyicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, chora-tadbirlar koʻrilishi qatʼiy nazoratga olinadi.

Hududlardagi infratuzilma, ijtimoiy soha va aholini qiynayotgan boshqa masalalarni tezkor hal etishda deputatlik nazorati va hokimlik koʻmagini uygʻunlashtirish mexanizmi yanada takomillashtiriladi.

Uchrashuv yakunida bildirilganidek, xalq vakillari va ijro hokimiyatining yakdil maqsadi — xalqimiz ogʻirini yengil qilish, Olmaliq shahrini har tomonlama rivojlantirish va har bir fuqaroning hayotdan rozi boʻlib yashashini taʼminlashdan iboratdir.

Slide 1 of 6