35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Fuqarolar murojaatlari e’tibor va nazoratda

Bugun Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev tomonidan shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy-hayotiy masalalar, ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida tartibda tinglanib, uning mazmuni va yechimini ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Qabul jarayonida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etishga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yoki muayyan choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ularning yakuniy natijasi bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish belgilandi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularni qisqa muddatlarda hal etish choralarini ko‘rish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1