35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Yolgʻiz keksaning holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda “Ekspert guruhi” a’zosi M.Mamutov bilan birgalikda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–641, 2020-yil 15-oktyabr) ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlarini davom ettirdi.

🏡 Navbatdagi manzilda “Taxiatosh” MFY 10-Xo‘jayli saylov okrugi hududida yashovchi yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan fuqaro O‘.K. xonadoniga tashrif buyurildi.

🤝 Suhbat davomida fuqaroning yashash sharoiti, davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishi, ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifati hamda kundalik ehtiyojlari yuzasidan holati o‘rganildi.

🦽 Shuningdek, fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Shu maqsadda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi operatori tomonidan tegishli ariza rasmiylashtirildi.

📍 Ehtiyojmand fuqarolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning muammolariga manzilli yechim topish va zarur ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1