35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Abduraximov hamda Kengash kotibiyati
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inida
hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish borasida amalga
oshirayotgan faoliyati manzilli o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida hokim yordamchisining amaliy ko‘magida imtiyozli kredit mablag‘lari
asosida parrandachilik va qo‘ychilik yo‘nalishida o‘z faoliyatini yo‘lga
qo‘ygan yosh tadbirkor xonadoniga tashrif buyurildi. Tadbirkor tomonidan kredit
mablag‘lari hisobidan tovuq va jo‘jalar, shuningdek, 7 bosh qo‘y xarid qilinib,
xonadonda kichik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaligi tashkil etilgani, bu
orqali oilaning daromad manbai kengaytirilib, kelgusida xo‘jalik faoliyatini
yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani o‘rganildi.
 

Shuningdek, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va ko‘mak
mexanizmlaridan unumli foydalanish yuzasidan hokim yordamchisi hamda
tadbirkorga tegishli tavsiyalar berildi.
 

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar deputat tomonidan “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, ularni bartaraf etish hamda
qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar
belgilandi va nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 6