35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda
янв.21
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
янв.21
🏦📖 “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🏦🤝 Deputatga biriktirilgan AT “Agrobank”ning Shovot filiali bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🔷 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qarori ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi
янв.21
🏥📋 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№265-I) ijrosi o‘rganildi
янв.21
🔷 Deputatlik faoliyati: mahalladagi muammolar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi
янв.21
⚖️🤝 HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
🚨 “URGANCH – XIVA” PULLI AVTOMOBIL YO‘LIDA HARAKAT TEZLIKLARI BELGILANDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada Uyma -uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 4-"Obod Turmush" saylov okrugi deputati O.Ishpo'latov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Obod Turmush" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi Uyma -uy o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 1