35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
💧 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
📊 SHOVOT TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📍 Deputat tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
🤝 Hamkorlik samarasi: aholi murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
📍 Turkiston mahallasida aholi muammolari deputat tomonidan ko‘chama ko‘cha o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVIII SESSIYASI
янв.21
📍 TUMANDA DASTUR IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
📍 DEPUTAT HAMKOR TASHKILOT BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
Bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan Ganjiravon mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinika filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24-tavsiyasi ijrosi doirasida aholini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni, dori-darmonlarning mavjud zaxirasi, ularni tarqatish tartibi hamda retseptlar asosida berilish amaliyoti atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, bemorlarning bepul dori vositalarini olishda duch kelayotgan muammolari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi hamda dori-darmonlar ta’minotining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimining samaradorligini yanada oshirish hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3