35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
💧 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
📊 SHOVOT TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📍 Deputat tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
🤝 Hamkorlik samarasi: aholi murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
📍 Turkiston mahallasida aholi muammolari deputat tomonidan ko‘chama ko‘cha o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVIII SESSIYASI
янв.21
📍 TUMANDA DASTUR IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
📍 DEPUTAT HAMKOR TASHKILOT BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
Kengash_faoliyati

🏛 #ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#kotibiyat_xodimi

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-"Qaldirg'och" saylov okrugidan saylangan deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg'och" mahallasining Qo‘rg‘onqala ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan elektr uzatish ustunlarini o‘rnatish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Qurilish-montaj ishlarining borishi, ularning amaldagi qurilish me'yorlari va texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

✅ Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, ishlarning sifati, xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining murojaatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda infratuzilma loyihalarini izchil davom ettirish zarurligi alohida ta'kidlandi.

✅ Fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratish, mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda hududlarni kompleks obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida muntazam monitoring qilinib, ularning samarali ijrosini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Slide 1 of 4