35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
“Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati deputatlik nazoratida

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida "Termiz shahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💬O‘rganish davomida korxonaning tashkiliy faoliyati, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi, zamonaviy gaz hisoblagichlarini joriy etish hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan suhbat olib borildi.

💬Shuningdek, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi, "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi, "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi hamda "Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida"gi qonunlari talablari asosida tahlil qilinib, aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Nazorat tadbiri davomida gaz ta’minoti tizimida raqamlashtirish jarayonlari, iste’molchilarga yaratilayotgan qulayliklar, zamonaviy hisobga olish uskunalaridan foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

💬O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish hamda gaz ta’minoti xizmatlari samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari barcha biriktirilgan tashkilotlarda tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 2