Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
янв.21
📢 DEPUTAT NAZORATI: Shovotda "Yashil iqtisodiyot" loyihalari qanday bajarilmoqda?
янв.21
📢 DEPUTAT NAZORATI: Shovotda suv tejovchi texnologiyalar qay darajada joriy etilmoqda?
янв.21
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 125-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yildagi PQ–49-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📍 DOLZARB 90 KUN: MAKTABDA AMALIY O‘RGANISH
янв.21
SOG‘LOM AVLOD – YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI
янв.21
🏛 DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT
янв.21
Deputatlik nazorati: qonun ijrosi va jamoat xavfsizligi monitoring qilindi
янв.21
📊 “AYOLLAR DAFTARI” JAMG‘ARMASI AJRATILGAN MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘lining doimiy komissiyasi yig‘ilishi haqida bildirgan fikri

#ekspert_fikri #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘lining doimiy komissiyasi yig‘ilishi haqida bildirgan fikri

🏛 Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etdim.

📝 Yig‘ilishda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan hisobot taqdim etildi hamda komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

💬 Muhokamalar davomida bugungi kunda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yana bir muhim yo‘nalishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladim. Xususan, ilm-fan, tadbirkorlik, sport, axborot texnologiyalari, madaniyat va jamoatchilik sohalarida yuksak natijalarga erishayotgan iqtidorli hamda tashabbuskor yoshlarimizni tizimli ravishda aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va keng jamoatchilikka tanitish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni kuchaytirish zarur.

🗣 Bugungi kunda ko‘plab yoshlar o‘z mehnati, bilim va salohiyati bilan yuksak natijalarga erishayotgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati keng jamoatchilikka yetarlicha tanilmayapti. Shu bois, ularning yutuqlarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda ta’lim muassasalari orqali muntazam yoritish, davlat va jamoatchilik tomonidan rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yishni taklif qildim.

🔺 Ishonchim komilki, yoshlar o‘z tengdoshlari orasidagi haqiqiy muvaffaqiyat egalari bilan faxrlansa, ulardan ilhom olsa va o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ysa, bu nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishiga, balki jamiyatimizda faol, mas’uliyatli va vatanparvar avlodni tarbiyalashga ham xizmat qiladi.

✅ Yoshlar orasidagi ijobiy qahramonlarni kashf etish va ularni ommalashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri, deb hisoblayman. Bu boradagi hamkorlik va tizimli ishlar yoshlar siyosati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1