35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tuman hokimligining mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-son qaroriga asosan tumanning “Uyenkulsay” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida mahallaning 1 km qismi piyodalar va veloyo‘laklar, 1 dona bolalar maydonchasi, 1 dona vorkaut qurish, 100 dona tungi yoritish chiroqlari va 67 ta elektr stolbalarini o‘rnatish, mahallaning Qangli va markaziy ko‘chalarida tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish belgilangan.

Shuningdek, loyihada belgilangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, qurilish ishlarida amaldagi me’yor va talablarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Aholi vakillari bilan muloqot davomida ularning fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3