35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi

🇺🇿 “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–116-son, 24.06.2026 y.) qabul qilindi.

✅ Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1 iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga: ➖ mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi beriladi.
📑 Mahallada yashovchi 1-marotaba ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan fuqarolarga ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, fuqarolar yig‘ini kengashining kollegial qarori asosida shaxsga nisbatan yengillik berish to‘g‘risida qilingan murojaat sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilgan hollarda:  

🔹 “mahalla yettiligi” kafillikka olingan shaxsni qayta tarbiyalash, zarur hollarda, kasbga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ta’limga yo‘naltirishga mas’ul bo‘ladi;  

🔹 kafillikka olingan shaxs 3 yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, “mahalla yettiligi”ning shaxsni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan a’zosini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

✔️ Uyushmaning tuman (shahar) bo‘limi boshliqlariga “mahalla yettiligi” faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etganlik uchun tuman (shahar) hokimlariga taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1