Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
янв.21
📢 DEPUTAT NAZORATI: Shovotda suv tejovchi texnologiyalar qay darajada joriy etilmoqda?
янв.21
📢 DEPUTAT NAZORATI: Shovotda "Yashil iqtisodiyot" loyihalari qanday bajarilmoqda?
янв.21
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 125-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yildagi PQ–49-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📍 DOLZARB 90 KUN: MAKTABDA AMALIY O‘RGANISH
янв.21
SOG‘LOM AVLOD – YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI
янв.21
🏛 DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT
янв.21
Deputatlik nazorati: qonun ijrosi va jamoat xavfsizligi monitoring qilindi
янв.21
📊 “AYOLLAR DAFTARI” JAMG‘ARMASI AJRATILGAN MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
Muqimiy mahallasida “24 ta muhim masala” hamda “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 13-Muqimiy saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar bilan birgalikda Muqimiy mahalla fuqarolar yig‘inida “24 ta muhim masala” yuzasidan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash ishlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
🔹 mahallada 72 ta oila Ijtimoiy reestrga kiritilgan bo‘lib, shundan 18 tasi davlat ta’minotidagi, 49 tasi kambag‘al hamda 6 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi;
🔹 2026-yilning 6 oyi davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 79 ta ehtiyojmand oilaga davolanish, jarrohlik amaliyoti, uy-joyni ta’mirlash, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan;
🔹 mahallada 120 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilmoqda. Ularga 3 ta nogironlik aravachasi, 1 ta protez, 1 ta raqamli eshitish apparati berilgan hamda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash ishlari muntazam yo‘lga qo‘yilgan;
🔹 3 nafar fuqaroga vasiylik belgilangan, yana 3 nafar fuqaroning birlamchi nogironlik guruhi rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida “mahalla yettiligi” ishtirokida hududdagi mavjud muammolar tinglanib, ular deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Mazkur masalalar ijrosi yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 6