Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
✅ Bugun Xalq deputatlari tuman kotibiyati xodimlari hamda Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–668-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
✅ O‘rganish davomida ta’lim muassasasida qonun talablarining bajarilishi, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, madaniy-ta’lim jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnika bazasi, o‘quv xonalari hamda musiqa asboblaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
✅ Shuningdek, pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.
🌐🌐🌐 Xalq deputatlari