Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📍 Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📚 SHOVOT TUMANI TA'LIM TIZIMIDA 2026-YILNING 6 OYLIK NATIJALARI
янв.21
🏥 Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich o‘z saylov okrugidagi 2-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati va sharoitlarini o‘rgandi.
янв.21
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
🩺 Sil kasalligiga qarshi kurashish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🩺🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
💼📈 TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH – AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI
янв.21
📚 TA’LIM SIFATI – KELAJAK POYDEVORI
янв.21
"Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida “Qunduz” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘yicha munosabatim:
Munosabat

 Munosabat  

1-“Nayman” saylov okrugidan Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kenashi deputati Artikov Davron Omarbaevich o‘z saylovchilarim oldida joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirgan ishlarim
haqida hisobot berdim.
 

Hisobot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi
farovonligini yuksaltirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash,
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga qaratilgan
Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
 

Shuningdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlar, ularning aholi turmush darajasini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni
hal etishdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
 

Uchrashuvda joriy yil uchun qabul qilingan «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili»
Davlat dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar, mahallalar infratuzilmasini
rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
 

Hisobot davri mobaynida saylovchilardan jami 24 ta murojaat kelib tushdi. Ularning har biri o‘rganilib,
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan
hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etildi,
qolganlari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.Jumladan, “Naymanko‘l” OFYdagi Oq
mangit,Vatanparvar,O‘qituvchilar ko‘chasiga tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatib
berildi.Paxtachi ko‘chasidagi eskirgan yaroqsiz tungi yoritgich chiroqlari yangisga
almashtirilib berildi. “Markaziy” MFY dagi Do‘stlik-1,Bo‘ston-1 va 2-ko‘chalariga
tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatib berish bo‘yicha murojaati o‘rganildi vaDo‘stlik-1,Bo‘ston-1
va 2-ko‘chalarigatungi yoritgich chiroqlari o‘rnatib berildi.
“Naymanko‘l” OFYdagi markaziy ko‘chalariga uy
oldi tomorqasiga aqavo suvi kelmayotganligi sabbabli murojaat tezda o‘rganildi va
tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.“Naymanko‘l” OFYdagi markaziy ko‘chalariga
uy oldi tomorqasiga aqavo suvi yetkazildiva masalasi ijobiy hal etilib. Shuningdek,
Joriy yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman kengashining
tashabbusi bilan Toshkent shahridagi "Doktor Maksudova innovatsion klinikasi"ning
Beruniy filiali malakali mutaxassislari tomonidan "Ko‘rish baxti" loyihasi
doirasida Taxiatosh tumani aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik
tashkil qilindi.Unda pterigium, katarakta, glaukoma va boshqa ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va profilaktika qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, malakali oftalmoxirurg Murod Devonov va klinika oftametrik
hamshiralari ishtirokida 150 nafardan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilidi,
aholi uchun muhim bo‘lgan muammolarga yechim topildi. Bu esa saylovchilarning hayot sifati va turmush sharoitini yanada
yaxshilashga xizmat qildi.
 

Hisobot davomida saylovchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlashlarini, davlatimiz tomonidan inson qadrini ulug‘lash, aholini ijtimoiy himoya qilish va
hududlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hayotlarida
yaqqol sezilayotganini alohida ta’kidladilar.
 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda
deputatlik guruhi faoliyatida muntazam ishtirok etib, partiyamiz elektorati manfaatlarini
himoya qilish, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish, qabul qilinayotgan
qarorlarning xalq manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarimni
ilgari surib kelmoqdaman.
 

Kelgusida ham saylovchilarim bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini chuqur o‘rganish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda ularning qonuniy manfaatlarini
himoya qilish deputatlik faoliyatimning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
 

  

Davron ARTIKOV, 1-“Nayman” saylov okrugidan Xalq
deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari
 

Slide 1 of 1