Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
#muammolar_daftari
#muammolar_daftari

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan deputatlarning saylov okruglarida yuritilayotgan muammolarni qayd etish daftarining yuritilish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ularni tizimli ravishda tahlil qilish hamda mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlarga har bir murojaatni o‘z vaqtida qayd etish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarning muammolariga qonuniy va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mavjud ish yuritish hujjatlarini yuritish tartibini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar muntazam ravishda o‘rganib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 1