Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan “Qipchoqariq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaati o‘rganildi.

Uchrashuvda Guzar ko‘chasi 127-uyda yashovchi fuqaro R.Qoraboyev o‘z xonadoniga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi sababli bir qator muammolarga duch kelayotganligini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi.

Deputat tomonidan murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish yuzasidan kelishib olindi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib borilishi ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2