Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
🚫 Inson qadri – oliy qadriyat!
янв.21
Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
🏛 Deputatlik nazorati amalda!
янв.21
✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
#sessiya #kengash_qarori 📌 Sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash masalasi Kengash nazoratida
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 22-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-sonli qarori ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i G‘.Abdumuratovning hisoboti eshitildi.

Sessiya davomida tumandagi ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish korxonalari hamda avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati atroflicha muhokama qilindi.

📊 Hisobotda:
✅ 181 ta ijtimoiy soha muassasasi o‘rganilgani;
✅ 159 ta hojatxona namunali holatga keltirilgani;
✅ barcha muassasalar ichimlik suvi bilan ta’minlangani;
✅ 115 ta muassasada issiq suvdan foydalanish imkoniyati yaratilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga sessiyada mavjud kamchiliklar ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.

⚠️ Jumladan:
▪️ 76 ta muassasadagi hojatxonalar ta’mirtalab holatda ekanligi;
▪️ 48 ta muassasada hojatxonalarni qayta qurish zarurligi;
▪️ avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya talablariga to‘liq rioya etilmayotgani;
▪️ markazlashgan oqova suv tizimi bilan qamrov darajasi pastligi qayd etildi.

📋 Muhokamalar yakunida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
🔹 sanitariya holatini muntazam monitoring qilish;
🔹 ta’mirtalab va qayta qurilishi zarur bo‘lgan hojatxonalar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
🔹 ijtimoiy soha muassasalarida zamonaviy sanitariya infratuzilmasini kengaytirish;
🔹 tadbirkorlik subyektlarida sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
🔹 aholining sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifalari belgilandi.

📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qaror ijrosi doimiy komissiya nazoratiga olindi.

Kengashning asosiy vazifalaridan biri hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar hisobotlarini eshitish, tegishli qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilishdan iboratdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram
Slide 1 of 1