Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaga asosan o‘rganish davomida aniqlangan kamchilik yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

2026-yil 17-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nasibaxon Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Talipova Andijon shahridagi “O‘rikzor” MFYda bo‘lishdi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda mahalla idorasi binosini ta’mirlash zarurligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Andijon shahar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilib, murojaat natijalari bo‘yicha 10 kun muddat ichida ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.

Xalq manfaatlari yo‘lida — amaliy harakat va deputat nazorati!

Slide 1 of 1