Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Andijon shahrida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish hamda deputatlik nazoratini olib borish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Aholi muammolarini o‘rganish vaqtida Andijon shahar “Xursandlik” mahalla fuqarolar yig‘inida 5060 nafar fuqaro, 711 ta xonadon va 1410 ta oila borligi aniqlandi. Hozirda ushbu mahallaning bir qismiga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilgan bo‘lsa-da, bir qismiga 80 kundan buyon berilmayotganligini fuqarolar bildirishmoqda.

Mazkur holat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali Andijon shahar gaz bo‘limidan aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida ushbu muammoni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan 10 kunlik muddatda fotorasmlari bilan birga ma’lumot taqdim etish so‘raldi.