Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

80-sonli maktabda inkluziv ta’limni rivojlantirish uchun 40 million so‘m ajratildi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi qarori bilan tumandagi 80-sonli maktabda inkluziv ta’limni rivojlantirish maqsadida 40 million so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur mablag‘ imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaxshilashga yo‘naltiriladi. Shuningdek, ajratilgan mablag‘ hisobidan maxsus ta’lim vositalari va jihozlarini xarid qilish, o‘quv xonalarini moslashtirish hamda inkluziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.