Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🌞 BOLALARNING MAZMUNLI DAM OLISHI – YOSHLAR KELAJAGIGA E’TIBOR IFODASI
янв.21
♿️ KO‘ZI OJIZ FUQAROLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
📍 ISTIQLOL MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH VA KASB-HUNARGA O‘QITISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📹 DEPUTAT SO‘ROVI: MEVAZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMINI KUCHAYTIRISH TASHABBUSI
янв.21
📹 XAVFSIZ MAHALLA – TINCH VA OSOYISHTA HAYOT SARI! 🇺🇿
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI – FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
📍 AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.A.Atayeva tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

📍 Shaharning “Shodlik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo o‘rganildi.

📊Aniqlanishicha, Aeroport ko‘chasidagi 1- va 2-sonli ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan oqava suv quvuridagi nosozlik sabab hududda doimiy ravishda suv to‘planib, ko‘lmak hosil bo‘lmoqda.

⚠️ Mazkur holat:
🔹 Sanitariya holatining yomonlashishiga;
🔹 Aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga;
🔹 Fuqarolarning kundalik turmushida noqulayliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

🔎Shu munosabat bilan muammoni bartaraf etish va oqava suv tizimini tartibga keltirish yuzasidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Urganch shahar filiali rahbari M.Qurambayev nomiga deputat so‘rovi kiritildi.